Toshkent harbiy okrugida “Ma’naviyat qalqoni” tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi
2026-10-10 10:30:00 / Yangiliklar

Tanlovda okrug qo‘shinlaridagi muddatli va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar, belgilangan toifalar bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Ishtirokchilar “Tezkor savol-javob” hamda “Badiiy asarlar bilimdoni” shartlari orqali o‘z bilimlari, dunyoqarashi, mutolaa ko‘nikmalari va ijodiy salohiyatlarini namoyon etdilar.
Mazkur tanlov harbiy xizmatchilar va yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Okrug bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar qo‘mondonlikning esdalik sovg‘alariga ega bo‘lish bilan birga tanlovning navbatdagi bosqichida ishtirok etish uchun imkoniyatga ega bo‘lishdi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati








