Janubda “Yettilik” faoliyati tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi
2026-10-08 17:25:00 / Yangiliklar

Unda “Yettilik” faoliyatini tanqidiy-tahliliy o‘rganish, amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini baholash, mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilashga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish davomida har bir harbiy qism “Yettilik” rahbari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglanib, faoliyat samaradorligi, mavjud muammolar va ularning yechimlari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, harbiy jamoalarda sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni mustahkamlash, xizmat intizomiga rioya etilishini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni yanada takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, “Yettilik” faoliyatining samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va vazifalar belgilab berildi.




