“Ilg‘or bosh serjant” — mahorat, bilim va yetakchilik sinovi
2026-10-08 17:00:00 / Yangiliklar

Tanlovning amaliy shartlari davomida ishtirokchilar o‘q otish va jismoniy tayyorgarlik yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini namoyon etmoqda. Har bir shart harbiy xizmatchilardan puxta tayyorgarlik, yuqori darajadagi diqqat-e’tibor, tezkorlik, aniqlik va mas’uliyatni talab qilmoqda.
Bellashuvlar jarayonida sog‘lom raqobat muhiti hukm surib, ishtirokchilar nafaqat o‘z imkoniyatlarini namoyish etmoqda, balki o‘zaro tajriba almashish orqali kasbiy mahoratlarini yanada boyitmoqda. Yuqori natijaga erishish uchun har bir bosh serjant bor bilim, ko‘nikma va salohiyatini ishga solmoqda.
Tanlov jarayonlari belgilangan mezonlar asosida xolis va shaffof baholanib, barcha yo‘nalishlarda yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan, kasbiy tayyorgarligi va yetakchilik qobiliyati bilan ajralib turgan eng munosib bosh serjantlar saralab olinadi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati






