Qashqadaryoda “Vatan tayanchi” ko‘krak nishonlari topshirildi
2026-10-08 08:45:00 / Yangiliklar

Tadbirda 300 nafar yosh ishtirok etib, ular uchun mazkur kun unutilmas voqeaga aylandi. Tantanali marosimda so‘zga chiqqanlar yoshlarni samimiy muborakbod etib, ularga ta’lim olish, bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish yo‘lida muvaffaqiyat tiladi.
Shuningdek, mamlakatimizda yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi va o‘z iste’dodlarini namoyon etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, kelajak uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish muhim ekani alohida ta’kidlandi.
Shundan so‘ng, Qarshi garnizoni harbiy orkestri sadolari ostida o‘quvchilarga “Vatan tayanchi” ko‘krak nishoni va a’zolik guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.
Ko‘ksiga ko‘krak nishonini taqqan yoshlar ushbu ramziy belgini katta g‘urur va mas’uliyat bilan qabul qildilar. Ular kelgusida yaxshi o‘qib, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallash, Vatan va xalqiga munosib farzand bo‘lib kamol topish, yurt tinchligi va ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilishga intilishlarini bildirdilar.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati





