Qarshi shahrida "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi
2026-10-03 10:45:00 / Yangiliklar

O'zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo'limi rahbariyati, Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi viloyat bo'limi hamkorligida o'tgan tadbir samimiy muloqot tarzida kechdi.
Uzoq yillik harbiy hayot tajribasiga ega insonlar tomonidan Vatan himoyachisi bo'lishning mashaqqati, mas'uliyati va sharafi haqida ma'ruzalar qilindi. Bunda kishidan ham jismonan, ham ruhan barkamollik talab etilishi alohida ta'kidlandi.
Oliy harbiy ta'lim muassasalari, ularga kirish uchun belgilangan talablar haqida batafsil ma'lumotlar ham berib o'tildi. O'quvchilar ham o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.
Yozuvchilar uyushmasi tomonidan maktab kutubxonasi uchun kitoblar jamlanmasi sovg'a qilindi. Bundan tashqari tadbir jarayonlarida o'zining teran mulohazasi bilan faol ishtirok etgan o'quvchilar ham okrug qo'mondonligi tomonidan munosib taqdirlandilar.






