Qashqadaryoda “Ommaviy sport ishlari ko‘rigi” o‘tkazildi
2026-10-02 12:35:00 / Yangiliklar

Sinovlar davomida harbiy xizmatchilar o‘z yosh guruhlariga muvofiq turnikda tortilish, turnikda aylanish, 100 metrga yugurish, majmuaviy maxsus mashqlar yo‘lagidan o‘tish, shuningdek, 1 va 3 kilometr masofalarga yugurish kabi mashqlarni belgilangan me’yorlar asosida bajardi.
Ko‘rik jarayonida har bir mashq turi bo‘yicha harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligi, tezkorligi, kuchi va chidamliligi sinovdan o‘tkazildi. Qayd etilgan natijalar yurt himoyachilarining jangovar vazifalarni bajarishga doimiy shayligi hamda jismoniy tayyorgarlik darajasini muntazam oshirib borayotganini namoyon etdi.
Zero, yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarlik harbiy xizmatchining nafaqat chiniqqanligini, balki murakkab va kutilmagan vaziyatlarda o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda ham muhim omil hisoblanadi. Shu bois bunday ko‘rik va sinovlar harbiy xizmatchilarning jismoniy salohiyatini oshirish, sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda jangovar shaylikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati








