Ustozlarga ehtirom
2026-10-01 14:35:00 / Yangiliklar

Tadbir ishtirokchilari dastlab Termiz shahridagi Yoshlar markazida jamlanib, kun davomida o‘tkaziladigan tadbirlar dasturi bilan tanishdi. Shundan so‘ng mehmonlar Janubiy operativ qo‘mondonligi binosi oldida esdalik uchun suratga tushdi.
Dastur doirasida mehmonlar Arxeologiya muzeyida bo‘lib, Surxon vohasining tarixi, qadimiy madaniyati va arxeologik topilmalari bilan tanishdilar. Shuningdek, Al-Hakim at-Termiziy va Sulton Saodat ziyoratgohlariga sayohat uyushtirildi.
Tadbirning asosiy qismi Kakaydi garnizonidagi harbiy qismda davom etdi. Mehmonlarga harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv-moddiy baza va harbiy qism muzeyi faoliyati namoyish etildi.
Harbiy qism Madaniyat markazida o‘tkazilgan tantanali tadbirda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i polkovnik ishtirok etib, ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan muborakbod etdi.
Tadbir davomida ta’lim sohasida ko‘p yillar samarali mehnat qilgan ota-onalarga qo‘mondonlikning tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bayram tadbiri Termiz garnizoni harbiy orkestri jamoasining konsert dasturi bilan yakunlandi.
III darajali serjant Akbar AXMEDOV,
Termiz garnizoni









