Ustoz — qalblarga yo‘l ko‘rsatuvchi buyuk siymo
2026-10-01 10:35:00 / Yangiliklar

Unda maktab jamoasi, o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar ishtirok etdi. Tadbir davomida ustozlarning jamiyat taraqqiyoti, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi va ma’naviy kamolotidagi muhim o‘rni alohida ta’kidlandi.
Bayram dasturidan o‘quvchilarning ustozlarga yo‘llagan samimiy tilaklari, she’riy chiqishlari, kuy-qo‘shiqlari va badiiy kompozitsiyalari o‘rin oldi. Ijodiy chiqishlar tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, ustozlarga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtiromni o‘zida aks ettirdi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, ustoz — yosh avlodga nafaqat bilim beradigan, balki uning dunyoqarashi va hayotiy qarashlari shakllanishiga munosib hissa qo‘shadigan, qalbiga ezgulik, insoniylik, Vatanga muhabbat va yuksak maqsadlarni singdiradigan fidoyi kasb egasidir. Shu bois ustoz va murabbiylarga hurmat xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri sifatida e’zozlanadi.
Tadbir yakunida Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi tomonidan barcha ustoz va murabbiylarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, sharafli va mas’uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, shogirdlari kamolini ko‘rish baxti tilandi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati







