O‘zbekiston va Slovakiya mudofaa vazirlari harbiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
2026-09-30 20:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Shuxrat Xalmuxamedov Boku shahrida oʻtkazilayotgan “ADEX 2026” 6-Ozarbayjon xalqaro mudofaa koʻrgazmasi doirasida Slovakiya Hukumati raisining o‘rinbosari va mudofaa vaziri Robert Kalinyak bilan uchrashdi.

Ikki davlat mudofaa vazirlari harbiy sohada erishilgan yutuqlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan hamkorlik ishlarini ko‘rib chiqishdi. Xususan, uchrashuvda mudofaa sanoati, harbiy, harbiy taʼlim va boshqa yoʻnalishlardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa bir qator masalalar muhokama qilindi.


