Avlodlar uchrashuvi — jasorat va sadoqat sabog‘i
2026-09-29 17:05:00 / Yangiliklar

Samimiy muloqot va hayotiy tajriba almashinuvi ruhida o‘tgan uchrashuvda faxriylar mustaqillik yillarida mamlakatimiz hayotining turli sohalarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, erishilgan yutuqlar hamda o‘zlarining ko‘p yillik xizmat va mehnat faoliyati haqida so‘zlab berdi.
Muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, faxriylarning hayot yo‘li, xizmat tajribasi va kasbiy faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Harbiy xizmatchilar esa o‘quvchilarga Vatan himoyasidek sharafli va mas’uliyatli burchning mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berdi.
Uchrashuvda yoshlarga puxta bilim olish, zamonaviy kasb va mutaxassisliklarni egallash, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, shuningdek, Vatanga sadoqat va xalq manfaatlariga xizmat qilish kabi ezgu fazilatlarni hayotiy mezon sifatida shakllantirish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.






