Zamonaviy aviatsiyani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
2026-09-29 16:55:00 / Yangiliklar

Unda soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar hamda ilmiy izlanuvchilar ishtirok etib, zamonaviy aviatsiyani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, fan va texnika sohasidagi dolzarb masalalar hamda aviatsiya bo‘linmalarining barcha turdagi ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha ma’ruzalar bilan chiqish qildi.
Tadbir davomida ilgari surilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar yuzasidan fikr almashilib, soha rivojiga oid masalalar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Anjuman yakunida zamonaviy aviatsiyani rivojlantirish, ilmiy salohiyatni oshirish hamda amaliy faoliyat samaradorligini ta’minlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar yuzasidan tegishli xulosalar bildirildi.






