Fakultetning navbatdagi bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi
2026-09-28 15:10:00 / Yangiliklar

Unda okrug qo‘shinlaridagi harbiy qismlarda xizmat qilayotgan 100 nafarga yaqin guruh komandirlari tarkibidagi ofitserlar, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari va dronlar bo‘yicha mutaxassis serjant hamda oddiy askarlar ishtirok etdi.
20 kun davomida 144 soatlik o‘quv mashg‘ulotlari fakultetning malakali harbiy mutaxassislari tomonidan 4 ta modul va 9 ta vazifa asosida tashkil etildi. Mashg‘ulotlarda tinglovchilarning harbiy-kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirish bilan bir qatorda, dunyo va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat, zamonaviy jangovar harakatlar hamda qo‘shinlarda qo‘llanilayotgan ilg‘or usul va yondashuvlar yuzasidan tahliliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Bitiruv marosimida okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi va fakultet rahbariyati ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar tinglovchilarning kurs davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarini xizmat faoliyatida samarali qo‘llashi, shuningdek, ularni shaxsiy tarkibga yetkazish muhimligini ta’kidladi.
O‘z navbatida, bitiruvchilar o‘quv jarayonida olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash, qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilar bilan mashg‘ulotlar tashkil etish va kasbiy tayyorgarlikni muntazam oshirib borishga intilishlarini bildirdi.
Marosim yakunida “Harbiy kasbiy tayyorgarlik” kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga tegishli sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati






