Ustozga ehtirom – qalblarda mangu
2026-09-26 18:40:00 / Yangiliklar
Chirchiq shahridagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramiga bag‘ishlangan tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda pedagoglar, o‘quvchilar, Chirchiq garnizoni harbiy orkestri hamda maktab jamoasi ishtirok etdi. Bayram davomida o‘quvchilar ustozlariga bo‘lgan hurmat va minnatdorligini she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etdilar.
Tadbirda ustozlarning yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos o‘rni, bilim va ma’naviyat berish yo‘lidagi fidokorona mehnati alohida ta’kidlandi. O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan chiqishlar yig‘ilganlarda iliq taassurot qoldirdi.
Bayram yakunida barcha ustozlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va kelgusi pedagogik faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati





