Sayyor qabul — muammo, tahlil va aniq yechimlar maydoni
2026-09-25 19:25:00 / Yangiliklar

Unda qo‘mondon o‘rinbosari, harbiy prokuratura vakillari, turli davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, shuningdek, harbiy xizmatchilar va ularning yaqinlari ishtirok etdi.
Qabul davomida bildirilgan murojaatlar mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, har bir masala individual tartibda ko‘rib chiqildi. Jumladan, harbiy xizmatchilar oila a’zolarini munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ijtimoiy himoya choralarini kuchaytirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan aniq va manzilli yechimlar belgilandi.
Murojaatlarning ayrimlari joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar alohida nazoratga olindi. Ularning ijrosini ta’minlash maqsadida mas’ullar belgilanib, tegishli tashkilotlar vakillariga aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, sayyor qabul doirasida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlari ham olib borildi.
Mutaxassislar tomonidan amaldagi qonunchilik, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun belgilangan imtiyozlar, davlat dasturlari hamda mavjud ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Tushuntirishlar hayotiy misollar asosida olib borilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati






