Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotiga tahdid
2026-09-25 12:05:00 / Yangiliklar

Unda harbiy prokuratura xodimlari ishtirok etib, korrupsiya tushunchasi, uning kelib chiqish omillari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning ijtimoiy xavfi hamda ularning oldini olishning huquqiy mexanizmlari haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, amaldagi qonunchilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun belgilangan javobgarlik choralari, tegishli huquqiy normalarning mazmun-mohiyati hamda harbiy xizmatchilarning xizmat faoliyatida qonuniylik va halollik tamoyillariga qat’iy rioya etishining ahamiyati tushuntirildi.
Tadbir davomida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishi davlat va jamiyat manfaatlariga, xizmat intizomiga hamda fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlandi. Har bir harbiy xizmatchining korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi, qonun talablariga qat’iy amal qilishi va shaxsiy mas’uliyatni chuqur his etishi zarurligi qayd etildi.
Yakunda harbiy xizmatchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ularga harbiy prokuratura xodimlari tomonidan huquqiy asoslangan javoblar berildi.




