Korrupsiyaga qarshi kurashish va halollik tamoyillari muhokama qilindi
2026-09-24 17:40:00 / Yangiliklar

Unda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari hamda Respublika harbiy prokuraturasi vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda korrupsiyaning jamiyat va davlat boshqaruviga salbiy ta’siri, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikka kiritilgan yangi talablar hamda davlat tashkilotlarida halollik standartlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir Mudofaa vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari rahbarligida tashkil etildi. Unda korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish hamda xizmat faoliyatida xolislik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Respublika harbiy prokuraturasi xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, qonunbuzilishlarning oldini olish, xizmat vazifalarini bajarishda qonuniylik va mas’uliyat tamoyillariga amal qilish yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xizmat vakolatlaridan qonuniy va vijdonan foydalanish, halollik hamda mas’uliyatni kundalik faoliyatning muhim mezoniga aylantirish zarurligi ta’kidlandi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti




