Ruhiy barqarorlik — jangovar tayyorgarlikning muhim tarkibiy qismi
2026-09-24 10:30:00 / Yangiliklar

Unda okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarning tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari hamda harbiy psixologlar ishtirok etdi.
O‘quvning asosiy maqsadi shaxsiy tarkibning ruhiy barqarorligini ta’minlash, murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish hamda bo‘linmalarning hamjihat va uyushqoqlik bilan harakatlanish ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Mashg‘ulotlar davomida harbiy xizmatchilarni jangovar vazifani bajarishga axloqiy-ruhiy tayyorlash, ularning ruhiy holatini baholash, zarur hollarda psixologik ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha amaliy mashqlar o‘tkazildi. Shartli jangovar vaziyatlar asosida stress va ruhiy zo‘riqish holatlarida o‘zini boshqarish, vaziyatni to‘g‘ri baholash hamda belgilangan vazifani izchil bajarishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilarga o‘ziga va jamoadoshlariga psixologik yordam ko‘rsatish, jamoada sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
O‘quv jarayonida komandirlar, psixologlar va tibbiyot xizmati mutaxassislarining o‘zaro hamkorligi ham amaliy jihatdan sinovdan o‘tkazildi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati







