Kitob — ma’naviyat va muvaffaqiyat manbai
2026-09-23 17:30:00 / Yangiliklar
Chirchiq garnizonida joylashgan harbiy qismlardan birida harbiy xizmatchilarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, intellektual salohiyati va ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida “Kitob — ma’naviyat va muvaffaqiyat manbai” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir doirasida “Ma’naviyat qalqoni” Respublika kitobxonlik tanlovining harbiy qism bosqichi tashkil etildi. Unda harbiy xizmatchilar badiiy adabiyot, tarix, ma’naviyat va milliy qadriyatlarga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
Shuningdek, xalq orasida “tirik kitob” taxallusi bilan tanilgan Xayrulla Asadullayev bilan ijodiy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi. Muloqot davomida kitob mutolaasining inson tafakkuri va dunyoqarashini boyitishdagi ahamiyati, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik muhitini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir yakunida faol ishtirokchilar rag‘batlantirilib, kitobxonlikni targ‘ib qilish, bilim va ma’naviy salohiyatni oshirish muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.





