Termizda ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi
2026-09-23 13:05:00 / Yangiliklar

Sport tadbirida viloyatdagi kuch tuzilmalari harbiy xizmatchilari, talaba yoshlar hamda sportga qiziquvchi fuqarolar ishtirok etdi. “Silk Road Uzbekistan”, “Harbiy yugur” va “Talaba yugur” yo‘nalishlari doirasida o‘tkazilgan marafonda 5 ming nafardan ortiq ishtirokchi 3 kilometr masofaga yugurdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar belgilangan yo‘nalish bo‘ylab yuqori faollik va jismoniy tayyorgarlik namunasini ko‘rsatdi. Ommaviy yugurish ko‘tarinki ruhda o‘tib, unda yoshlarning sportga qiziqishi, sog‘lom va faol hayot tarziga intilishi yaqqol namoyon bo‘ldi.
Marafon yakunida belgilangan masofani eng yaxshi natijalar bilan bosib o‘tgan ishtirokchilar aniqlanib, g‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.






