Ozarbayjonda “Birlik kuchi – 2026” qoʻshma harbiy mashgʻulotlar boshlandi
2026-09-22 20:15:00 / Yangiliklar

Uch davlatning Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari, jangovar texnika, harbiy-dengiz floti va aviatsiya vositalari, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari ishtirokidagi mashgʻulotlarning asosiy maqsadi qoʻshma operatsiyalarga tayyorgarlik darajasini oshirish, qoʻshinlarning oʻzaro hamjihatligini yaxshilash va oʻquv-mashgʻulot tartib-qoidalarini standartlashtirish, shuningdek, boʻlinmalarning jangovar qobiliyatini rivojlantirishdan iborat.
Tantanali ochilish marosimi mas’ul rahbarlar so‘zga chiqib, turli yo‘nalishlarda ilg‘or tajriba almashish, zamonaviy yondashuv va usullarni o‘zaro o‘rganish, harbiy bo‘linmalar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish bunday qo‘shma mashg‘ulotlarning muhim jihatlaridan biri ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, ishtirokchilar oldida turgan vazifalarni yuqori saviyada bajarish, o‘zaro tajriba almashish va samarali hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.
Malumot uchun uch bosqichli mashgʻulotlar Ozarbayjon armiyasining Qorabogʻ iqtisodiy hududidagi “Qizilgaya” oʻquv-mashgʻulot markazi, Naxichevan Muxtor Respublikasidagi “Qorabogʻlar” oʻquv-mashgʻulot markazi va Kaspiy dengizining Ozarbayjon sektoridagi “Buyuk Zira” oʻquv-mashgʻulot maydonlarida boʻlib oʻtadi.
kapitan Jahongir Madaminov
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti









