“Dovyurak jangchi” farqlovchi nishoni uchun intensiv sinovlarga start berildi
2026-09-22 10:35:00 / Yangiliklar

Kuni kecha Markaziy harbiy okrugning “Forish” tog‘ poligonida mazkur sinovlarning ochilish marosimi o‘tkazildi hamda dastlabki shartlarga start berildi.
Shu kunning o‘zida jangchilar AK-74 avtomati va 9 mm PM to‘pponchasidan aniqlikka otish, 30 km masofaga marsh-yugurish hamda yagona to‘siqli yo‘laklardan o‘tish sinovlarini bajarishdi.
Har bitta shart, har bitta bosqich harbiy xizmatchilarning jismonan baquvvatligini, chidamliligini, ekstremal sharoitlarda turli jismoniy yuklamalarga ruhiy bardoshliligini sinovdan o‘tkazmoqda.
Sinov jarayonlari 5 kun davomida o‘tkaziladi hamda eng munosiblargina “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishoniga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu nishon harbiy xizmatchilarning butun xizmat faoliyati davomida saqlanib qoladi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti







