“Ma’naviyat qalqoni” kitobxonlik tanlovining harbiy qism bosqichi o‘tkazildi
2026-09-22 10:20:00 / Yangiliklar
Angren garnizonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-apreldagi “Qurolli Kuchlar tizimida respublika kitobxonlik tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-128-son qarori hamda tegishli nizom talablari asosida “Ma’naviyat qalqoni” Respublika kitobxonlik tanlovining harbiy qism bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovda harbiy xizmatchilar belgilangan badiiy adabiyotlar ro‘yxati asosida tayyorlangan savol va topshiriqlar orqali o‘z bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazdi.
Jarayon davomida ishtirokchilarning badiiy asarlar mazmunini chuqur anglash, adabiy qahramonlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash hamda o‘z nuqtayi nazarini asoslab berish ko‘nikmalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tanlov yakunlari belgilangan tartibda sarhisob qilinib, keyingi bosqichda ishtirok etadigan bilimdon va faol harbiy xizmatchilar saralab olindi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati






