Huquqbuzarliklarning oldini olish va moliyaviy intizom — doimiy e’tiborda
2026-09-21 14:30:00 / Yangiliklar

Unda okrug mas’ul ofitserlari hamda Farg‘ona harbiy prokuraturasi vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida harbiy xizmatchilarga xizmat faoliyatida qonunchilik va belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilish, harbiy intizom talablarini so‘zsiz bajarish, huquqbuzarlik va salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xizmat vakolatlaridan qonunga xilof ravishda foydalanmaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirning muhim yo‘nalishlaridan biri moliyaviy intizom masalalariga bag‘ishlandi. Harbiy qismda moliyaviy mablag‘lardan qonuniy, maqsadli va samarali foydalanish, moddiy boyliklarning butligini ta’minlash hamda belgilangan moliyaviy tartib-taomillarga qat’iy rioya etish yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.
Profilaktik tadbir yakunida harbiy xizmatchilarga xizmat vazifalarini bajarishda qonuniylik, halollik, mas’uliyat va intizom tamoyillariga amal qilish, huquqbuzarliklarning oldini olishda hushyor va ogoh bo‘lish muhimligi ta’kidlandi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati






