Yoshlar tarbiyasida hamjihatlik va hamkorlik
2026-09-19 21:20:00 / Yangiliklar

Unda Sharqiy harbiy okrug qo‘mondonligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining viloyat kengashi vakillari, faxriylar hamda faol yoshlar ishtirok etdi.
Seminar davomida “Boshlang‘ich tashkilotning asosiy maqsadi va vazifalari, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati” mavzusida batafsil ma’lumotlar berildi.
Xususan, boshlang‘ich tashkilotlarning yoshlar bilan ishlashdagi o‘rni, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, tashabbus va ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va fuqarolik mas’uliyatini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda Qurolli Kuchlar faxriylari tomonidan yoshlarga Vatan himoyasi, ajdodlarimizning jasorati va bugungi tinchlikning qadr-qimmati haqida hayotiy misollar asosida fikrlar bildirildi.
Shuningdek, ishtirokchilar o‘rtasida o‘zaro fikr almashilib, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, vatanparvarlik tadbirlarini yanada mazmunli tashkil etish hamda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan takliflar ilgari surildi.
Seminar yakunida yoshlarning savollariga mutaxassislar va faxriylar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati





