Harbiy xizmat va taʼlim – uygʻun jarayon
2026-09-19 19:15:00 / Yangiliklar

Ayni vaqtda oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan askarlar harbiy xizmatdan ajralmagan holda, masofaviy taʼlim shaklida tahsil olmoqda. Bugungi mashgʻulot jarayonida ham ular onlayn darslarda ishtirok etib, oʻz mutaxassisliklari boʻyicha yangi bilimlarni oʻzlashtirmoqda, berilgan topshiriqlar ustida ishlamoqda.
Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil etilayotgan bunday mashgʻulotlar harbiy xizmat bilan taʼlimni bir vaqtda olib borish imkonini bermoqda. Askarlar nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan birga, oʻz sohalariga oid amaliy koʻnikmalarini ham rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Zero, bugungi askar nafaqat jismonan baquvvat va intizomli, balki bilimli, zamonaviy fikrlaydigan va doimiy izlanishda boʻlgan shaxs sifatida shakllanishi muhim. Harbiy xizmat va taʼlimning uygʻunligi esa yoshlarning bugungi xizmat vazifalarini munosib bajarishi bilan birga, kelajakdagi faoliyati uchun ham mustahkam zamin yaratadi.
III darajali serjant Akbar AHMEDOV,
Termiz garnizoni





