“To‘maris izdoshlari” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi
2026-09-19 19:15:00 / Yangiliklar

Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlarda ishtirokchilar o‘zlarining yuksak aqliy salohiyati, jismoniy chidamliligi, tezkorligi, topqirligi hamda harbiy sohadagi bilimlarini to‘laqonli namoyon etdilar. Ishtirokchilarning har bir harakati hakamlar hay’ati tomonidan adolatli va qat’iy mezonlar asosida baholab borildi.
Keskin va sog‘lom raqobat ruhida kechgan musobaqa yakuniga ko‘ra, faxrli 1-o‘rinni Toshkent harbiy okrugi jamoasi egalladi. Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi vakillari 2-o‘ringa, mezbon Markaziy harbiy okrug jamoasi 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Tadbir yakunida g‘olib va sovrindor jamoalarga Mudofaa vazirligining maxsus diplomlari, qimmatbaho sovg‘alari hamda musobaqa kubogi tantanali ravishda topshirildi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati







