Ajdodlar merosi – avlodlar kamoli
2026-09-19 17:00:00 / Yangiliklar

Buyuk alloma tavalludining 903-yilligi munosabati bilan Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Tibbiyot institutida “Birinchi Renessansning buyuk namoyondasi – Burhoniddin Margʻinoniy izdoshlarimiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Undan Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti professori, tarix fanlari doktori Izzatillaxon Xaydarov, Filologiya fanlari nomzodi, shoir, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi Dilshod Rajabov, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi boʻlim boshligʻi, yozuvchi va shoira Maʼmura Zohidova, institut oʻqituvchilari, kursantlar va harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga Burhoniddin Margʻinoniyning faoliyati va boy ilmiy merosi hamda yozgan asarlari haqida maʼlumotlar berildi. Shuningdek joriy yilning aprel oyida davlatimiz rahbarining Margʻilon shahrida bunyod etilgan Burhoniddin Margʻinoniy ilmiy-maʼrifiy va turizm majmuasining ochilish marosimiga tashrifi aks etgan videorolik namoyish etildi.
Maʼrifiy uchrashuv soʻngida “Impuls” jamoasi tomonidan ijro etilgan vatanparvarlik ruhidagi kuy-qoʻshiqlari yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.








