Nishonlik o‘quvchilar harbiy qism mehmoni
2026-09-19 13:40:00 / Yangiliklar

Tumandagi 20-umumiy o'rta ta'lim maktabining yuqori sinf o'quvchilari dastlab harbiy qismda harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Samimiy suhbatlarda davlatimiz tomonidan Vatan himoyachilari va ularning oila a'zolariga ajratilgan alohida imtiyoz va imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Turli o'quv nuqtalarida qurol-aslaha va anjomlar namoyish etilib, ularning taktik-texnik imkoniyatlari aytib o'tildi.
Harbiy qismda harbiy xizmatchilarning farzandlari va nishonlik yoshlar uchun yaratilgan sportning taekvondo turi bo'yicha to'garak faoliyati amaliy ko'rsatib berildi. Sportchilar erishgan yutuqlar ayniqsa yoshlarni ruhlantirib, ushbu to'garakda qatnashish istagini uyg'otdi.
Kun davomida o'tgan "Ochiq eshiklar kuni" tashrif buyurganlarda harbiy xizmatning sharafi va mas'uliyatini yana bir bor his etish imkonini berdi.
Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati





