Xalqaro musobaqa g‘oliblari taqdirlandi
2026-09-18 15:55:00 / Yangiliklar

Mazkur muvaffaqiyat munosabati bilan Mudofaa vazirligi markaziy apparatida xalqaro musobaqa g‘oliblarini munosib taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir tashkil etildi.
Tadbirda mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Zaynobiddin Iminov O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini yanada takomillashtirish, uning jangovar salohiyati va professional tayyorgarligini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar o‘z samarasini berayotganini alohida ta'kidladi.
Xususan, harbiy xizmatchilarning kasbiy mahoratini oshirish, zamonaviy jangovar tayyorgarlik usullarini keng joriy etish, harbiy ta’lim tizimini takomillashtirish hamda yosh avlod vakillarining harbiy sohada o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikrlar bildirildi.
Ta’kidlanganidek, xalqaro miqyosdagi bunday musobaqalarda yuqori natijalarning qo‘lga kiritilishi harbiy xizmatchilarning puxta tayyorgarligi, yuksak mahorati va zamonaviy talablar asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlarning samaradorligini namoyon etadi.
Tadbir davomida III xalqaro merganlar musobaqasida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib, mamlakatimiz terma jamoasi safida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan harbiy xizmatchilarga esdalik sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti







