Harbiy xizmatchilar va oila a’zolarining murojaatlari o‘rganildi
2026-09-16 16:35:00 / Yangiliklar

Tadbir avvalida ochiq muloqot o‘tkazilib, mamlakatimizda, xususan, Milliy armiyamiz tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyat va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng mas’ullar ishtirokida harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, pensionerlar va yoshlarning murojaatlari tinglandi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni imkon qadar shu joyning o‘zida hal etish, buning uchun zarur choralarni ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.
Murojaatlar davomida fuqarolarga amaldagi qonunchilik yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish va muayyan muddat talab etadigan masalalar esa tegishli tartibda nazoratga olinib, ularning ijrosi mas’ullarga yuklatildi.






