Murg‘ak qalb egalari bilan samimiy muloqot
2026-09-16 11:10:00 / Yangiliklar
Angor tumanidagi 9-sonli ko‘p tarmoqli maktab-internatida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi qo‘mondonlik boshlig‘i, ishtirok etdi. Polkovnik o‘quvchilar bilan ochiq muloqot qilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Uchrashuv davomida mamlakatimizda yosh avlod, xususan, alohida e’tibor va g‘amxo‘rlikka muhtoj bolalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning ta’lim olishi va qobiliyatlarini rivojlantirishi uchun berilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, tadbirda Termiz garnizoni harbiy orkestri jamoasi ishtirok etib, Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlarni ijro etdi.
Tadbir yakunida harbiy xizmatchilar tomonidan o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
III darajali serjant Akbar AXMEDOV,
Termiz garnizoni.









