Respublika kitobxonlik tanlovini oʻtkazish masalalari muhokama qilindi
2026-09-16 09:20:00 / Yangiliklar

Oliy Bosh qoʻmondonning bosh sovrini – elektromobil va pul mukofotlari bilan taqdirlash belgilangan “Maʼnaviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanloviga munosib tayyorgarlik koʻrish hamda tasdiqlangan nizom talablari aosida tanlovni yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan oʻtkazilgan ushbu yigʻilishda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligid masʼul vakillar ishtirok etdi.
Yigʻilish davomida tanlovni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha tashkiliy-amaliy masalalar kuch tuzilmalari, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan, ilmiy-ijodiy masalalar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan hal etilishi kelishib olindi.
Shuningdek, yuqori malakali mutaxassislarni tanlov hayʼati tarkibiga jalb etish, tanlovni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish va boshqa masalalar boʻyicha tashkiliy vazifalar muhokama qilindi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti




