Buxoroda ommaviy yugurish musobaqasi o'tkazildi
2026-09-15 17:05:00 / Yangiliklar
Buxoro shahrida harbiy xizmatchilar, talabalar va sportsevar yoshlar ishtirokida “Harbiy yugur” va “Talaba yugur” shiori ostida ommaviy yugurish musobaqasi o'tkazildi.

Sog'lom turmush tarzini targ'ib etish, yoshlar o'rtasida sportga qiziqishni oshirish hamda jismoniy faollikni keng ommalashtirishga qaratilgan tadbirda 3 mingga yaqin ishtirokchi qatnashdi.
Musobaqa yuqori kayfiyat va sog'lom raqobat ruhida o'tdi. Ishtirokchilar belgilangan masofani bosib o'tish orqali o'zlarining jismoniy tayyorgarligi, tezkorligi va chidamliligini namoyon etdi.
Yakunda g'olib va sovrindorlarga harbiy orkestr sadolari ostida diplom, medal hamda qimmatbaho sovg'alar topshirildi.







