“Jasorat sinfi” o‘quvchilari uchun mahorat darsi o‘tkazildi
2026-09-15 14:30:00 / Yangiliklar
Angren shahridagi 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan “Jasorat sinfi” o‘quvchilari ishtirokida harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan mahorat darsi o‘tkazildi.

“Vatanni asramoq — har birimizning vazifamizdir” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga sadoqat, mas’uliyat va daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashda Vatan himoyachilarining o‘rni, harbiy xizmatchilarning sharafli va mas’uliyatli vazifalari, ajdodlarimizning mardlik va fidoyilik an’analari haqida so‘z yuritildi.
Ma’naviy-ma’rifiy ruhda o‘tgan mahorat darsi o‘quvchilarda Vatanga muhabbat, harbiy kasbga qiziqish hamda yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati




