“To‘maris izdoshlari” ko‘rik-tanlovining vazirlik bosqichiga start berildi
2026-09-14 17:10:00 / Yangiliklar

Tanlovning tantanali ochilish marosimida Mudofaa vazirligi rahbariyati hamda Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi vakillari ishtirok etdi. Unda ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyat tilanib, ularning kasbiy mahorati, jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy hamjihatligi alohida e’tirof etildi.
Musobaqaning dastlabki shartlari qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi. Jumladan, saf tayyorgarligi shartida jamoalar safda harakatlanish mahorati, intizomi va hamjihatligini namoyish etdi.
Tanlovning navbatdagi shartlarida ishtirokchilarning jismoniy chidamliligi, chaqqonligi, tezkorligi hamda jamoaviy hamkorligi sinovdan o‘tkazilmoqda.
Ko‘rik-tanlov doirasidagi bellashuvlar davom etmoqda.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati







