Nafaqadagi harbiy xizmatchilar uchun yangi imkoniyatlar taqdim etildi
2026-09-14 15:35:00 / Yangiliklar

Unda viloyatda istiqomat qilayotgan nafaqadagi harbiy xizmatchilarga Okrug faxriylar ishlari bo‘yicha kengashi hamda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining hududiy bo‘limi mas’ullari tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbirda nafaqadagi harbiylarning oliy ta’lim olishini ta’minlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Qarshi davlat texnika universiteti va Qarshi davlat universiteti vakillari mavjud imkoniyatlar hamda ta’lim olish tartibi haqida tushuntirishlar berdi.
Shuningdek, xorijda mehnat faoliyatini olib borish istagida bo‘lgan fuqarolarga Migratsiya agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy filiali rahbari tomonidan xorijiy davlatlardagi bo‘sh ish o‘rinlari, talab etiladigan hujjatlar, qonuniy talab va cheklovlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.
Uchrashuv yakunida tashkilotlar mas’ullari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazilib, nafaqadagi harbiy xizmatcholarning murojaatlari ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha vaqt talab qiladigan masalalar bo‘yicha tegishli mutasaddilar bilan kelishuvlarga erishildi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati









