Mustaqillik — oliy ne’mat
2026-09-14 11:10:00 / Yangiliklar

Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar, faxriy mehmonlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Unda istiqlol yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilgan yutuqlar, tinchlik va barqarorlikning xalqimiz hayotidagi beqiyos ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Tadbir davomida Qurolli Kuchlar Davlat muzeyining tarixiy eksponatlari, harbiy merosimiz va yurtimiz mudofaa salohiyatining shakllanishi bilan bog‘liq ma’lumotlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Muzey ekspozitsiyalari orqali yoshlar xalqimizning mardlik va jasorat an’analari, harbiy tariximiz hamda Vatan himoyasi yo‘lida xizmat qilgan ajdodlarimizning ibratli hayoti bilan yaqindan tanishdi.
Tadbirning tantanali qismida harbiy orkestr jamoasining yurt madhiga uyg‘un, jo‘shqin ijrolari yangradi. Musiqa sadolari ostida Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va yurtga daxldorlik tuyg‘ulari yanada yuksaldi.






