Ofitserlarning jangovar tayyorgarlik mahorati oshirilmoqda
2026-09-13 09:50:00 / Yangiliklar

O'zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrug fakulteti malakali harbiy xizmatchilari tomonidan amaliy otish va jangovar texnikalarni boshqarish mashqlarida zamonaviy metodlardan foydalangan holda shaxsiy tarkibga chuqurroq bilim berish uslublari ko'rsatib berildi.
Mashg'ulot qatnashchilari komandirlar tarkibidan ekanligi inobatga olingan holda ofitserlarni o'qitish va ular orqali qo'shinlardagi harbiy xizmatchilari qamrab olish nazarda tutilgan.
Yo'riqchilar guruhi tomonidan 10 dan ortiq o'quv nuqtasida jangovar tayyorgarlik mashg'ulotlarini tashkil etish, olib borish va baholash mezonlari tizimli tushuntirib borildi. Bugungi kunda dunyoda kuzatilayotgan qurolli mojarolar, harbiy harakatlar tahlilidan kelib chiqib quruqlikdagi qo'shinlarning jangovar qo'llanilishi borasida fikr-mulohazalar o'rtaga tashlandi.
Harbiy okrug fakulteti ustozlari tomonidan berilgan qimmatli ma'lumot va amaliy ko'nikmalar bo'linmalarning jangovar tayyorgarlik mashg'ulotlarida qo'llanilishi harbiy xizmatchilarni yana bir pog'ona yuksalishida muhim o'rin tutishi aniq.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati





