Yoshlar harbiy qism hayoti bilan yaqindan tanishdi
2026-09-13 09:00:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida yoshlar harbiy qism hayoti, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ularga zamonaviy harbiy texnika, qurol-aslaha va maxsus vositalar namoyish etildi.
Yoshlar harbiy qismning sport majmuasi hamda kutubxonasi faoliyati bilan ham tanishib, harbiy xizmatchilarning kundalik hayoti haqida zarur maʼlumotlarga ega boʻldilar.
Shundan soʻng “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot oʻtkazildi. Unda yoshlarning qiziqishlari, takliflari, kelajakdagi maqsad va rejalari tinglanib, ularni qoʻllab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni harbiy qism hayoti bilan yaqindan tanishtirish, ularda Vatan himoyachisi kasbiga qiziqishni oshirish, vatanparvarlik, jasorat, mardlik va Vatanga sadoqat tuygʻularini yuksaltirishdan iborat.
Bunday ochiq muloqot va amaliy tanishuvlar yosh avlodning harbiy xizmatga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish, ularni Vatan taqdiriga daxldorlik va yuksak fuqarolik masʼuliyati ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
III darajali serjant Akbar AHMEDOV,
Termiz garnizoni






