Qarshi shahrida korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbirlar o‘tkazildi
2026-09-10 15:20:00 / Yangiliklar

Okrug boshqaruv apparati Madaniyat saroyida “Korrupsiya — xavfsizlikka tahdid: o‘tmishdan saboqlar, mamlakatdagi islohotlar” mavzusida tashkil etilgan tadbirda harbiy xizmatchilarga korrupsiyaning davlat xavfsizligi, Qurolli Kuchlar nufuzi hamda moddiy-texnik ta’minot barqarorligiga salbiy ta’siri haqida tushuntirishlar berildi.
Tadbirda Mudofaa vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi, hamkor tashkilotlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari ishtirok etdi. Mutaxassislar manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, resurslardan oqilona va shaffof foydalanish hamda xizmat vazifalarini bajarishda halollik tamoyillariga qat’iy rioya etish yuzasidan tavsiyalar berdi.
Shuningdek, Qarshi shahridagi harbiy qismda garnizon hududida xizmat qilayotgan harbiy hamda Qurolli Kuchlar xizmatchilari ishtirokida xuddi shu yo‘nalishda profilaktik uchrashuv o‘tkazildi. Unda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat va komplayens-nazorat tizimining vazifalari, afzalliklari hamda huquqiy asoslari tushuntirildi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirlarda harbiy xizmatchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan batafsil javob oldi.
Yakunda xizmat burchiga sadoqat, qonuniylik va halollik tamoyillariga qat’iy amal qilish, korrupsiyaviy holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish har bir harbiy xizmatchining muhim vazifasi ekani ta’kidlandi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati







