Harbiy xizmatchilarning kibersavodxonligi oshirilmoqda
2026-09-10 12:05:00 / Yangiliklar

Mashg‘ulot davomida harbiy xizmatchilarga raqamli makonda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash, turli kiberxavflardan ehtiyot bo‘lish hamda axborot xavfsizligi talablariga amal qilish bo‘yicha zarur tushunchalar berildi.
Shuningdek, masofaviy ta’lim jarayonida foydalaniladigan elektron ta’lim platformalari va shaxsiy akkauntlarni himoya qilish, murakkab parollardan foydalanish, shubhali havolalarni ochmaslik, noma’lum manbalardan fayl va dasturlarni yuklab olmaslik kabi muhim tavsiyalarga alohida e’tibor qaratildi.
Mashg‘ulot jarayonida harbiy xizmatchilarning kiberxavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan amaliy misollar ham keltirildi.
Ta’kidlanganidek, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish bilan bir qatorda, axborot xavfsizligi va shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligini ta’minlash har bir foydalanuvchidan yuksak mas’uliyat va doimiy ogohlikni talab etadi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati




