Qurolli Kuchlar akademiyasida “Men ham harbiy boʻlaman” kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi
2024-09-16 11:00:00 / Yangiliklar

Taqdimotda kitob muallifi, akademiya hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbariyati vakillari, Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, kursantlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda soʻz olganlar mazkur kitobning yaratilish ehtiyoji, ahamiyati, unda qanday maʼlumotlar jamlangani haqida maʼlumotlar berib, fikr-mulohazalar bildirdi. Unga koʻra, mazkur kitobda tarixiy ajdodlar koʻrsatgan jasoratlari yangi vizual tasavvur ulashishi uchun boy tarixiy maʼlumotlar va suratlar jamlangan. Shuningdek, kitobning ushbu nashri harbiy taʼlim muassasalariga bepul tarqatiladi. Kelgusida mazkur kitob umumtaʼlim maktablariga ham tarqatilishi rejalashtirilgan.
Tadbir yakunida taniqli sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti


