Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan sport musobaqalari o‘tkazildi
2026-09-03 17:35:00 / Yangiliklar

Musobaqalarda Serjantlar tayyorlash oliy maktabining barcha shaxsiy tarkibidan shakllantirilgan jamoalar faol ishtirok etdi. Ishtirokchilar sportning futbol, voleybol hamda harbiy-estafeta yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chidamliligi, chaqqonligi va tezkorligini namoyon etdi.
Ayniqsa, harbiy-estafeta bahslarida ishtirokchilardan yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarlik bilan bir qatorda, tezkor qaror qabul qilish, belgilangan vazifalarni aniq va hamjihatlikda bajarish talab etildi. Futbol va voleybol bahslari esa jamoalarning o‘zaro hamkorligi, taktik tayyorgarligi hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishini yaqqol namoyon etdi.
Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz kurashlar ostida kechdi. Har bir jamoa munosib natija qayd etish hamda g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etdi.
Yakunda sport turlari bo‘yicha eng yuqori natijalarni qayd etgan hamda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda g‘olib va sovrindor jamoalarga Serjantlar tayyorlash oliy maktabi boshlig‘i tomonidan kubok va diplomlar tantanali ravishda topshirildi.






