Markaziy harbiy okrug bo‘linmalari navbatdagi ommaviy sport ishlari ko‘rigidan o‘tmoqda
2024-09-12 20:05:00 / Yangiliklar

Ushbu sinovlar yurt himoyachilari tomonidan harbiy-amaliy sport turlaridan harbiy-sport kompleksi me’yor va talablari hamda sport darajalarini bajarish, qo‘shinlarda olib borilayotgan sport ishlari darajasini aniqlash uchun tashkil etiladi.
Xususan, Mudofaa vazirligi ma’sul ofitserlaridan iborat ishchi guruh adolat va shaffoflik tamoyillari asosida qabul qilgan sinovlarda Markaziy harbiy okrug boshqaruv apparati va Samarqand garnizonida joylashgan harbiy qismning harbiy xizmatchilari iroda, matonat va jismoniy tayyorgarligini namoyon etdi.
Bir necha kun davom etgan sinov jarayonlarida 100, 1000 va 3000 metrga yugurish, turnikda ko‘tarilib aylanish mashqi hamda chaqqonlikni shakllantirishga oid mashqlar kompleksi, shuningdek, yagona to‘siqlar yo‘lagida bajariladigan umumiy nazorat mashqida yurt himoyachilari chaqqonlik, epchillik va jismoniy imkoniyatilarini amalda ko‘rsatib berishdi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati



