Harbiy okruglarda Mustaqillik bayrami tantanalari
2026-08-29 14:50:00 / Yangiliklar

Tantanali tadbirlarda so‘zga chiqqanlar yig‘ilganlarni ulug‘ ayyom bilan samimiy qutlab, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni, xalqimiz uchun yaratilayotgan farovon hayot sharoitlarini qadrlash va Vatan ravnaqi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilish muhimligini ta’kidlashdi.
Tadbirlar davomida xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishib, o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar xizmatchilariga navbatdagi harbiy unvonlar, faxriy yorliq, esdalik nishonlari hamda qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.
Bayram dasturidan harbiy orkestr jamoalari, taniqli san’atkorlar hamda baxshilar ishtirokidagi Vatanni, tinchlik va xalqimizning bunyodkorlik ruhini tarannum etuvchi kuy-qo‘shiq va raqslar o‘rin oldi. Mazkur chiqishlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar bag‘ishladi.
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan harbiy okruglarda tashkil etilgan bunday bayram tadbirlari harbiy xizmatchilarning mehnati va xizmatiga yuksak e’tibor hamda e’tirofning yorqin ifodasi bo‘lib, ularni Vatan himoyasi yo‘lidagi mas’uliyatli vazifalarini yanada shijoat va fidoyilik bilan bajarishga ruhlantirmoqda.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti









