Mustaqillik bayrami arafasida yana bir o‘quv avtodromi ishga tushdi
2026-08-28 13:20:00 / Yangiliklar

Tantanali ochilish marosimida “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi Husan Botirov, viloyat mutasaddilari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida tashkilotning viloyat kengashi tasarrufidagi o‘quv muassasalariga 6 ta “Onix”, 4 ta “KIA Sonet”, 2 ta “FOTON” rusumidagi avtomobillar va 4 ta motosikl tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Endilikda ushbu yengil va yuk o‘quv avtomobillaridan avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida “A”, “B”, “BC” va “C” toifalari bo‘yicha o‘qiyotgan fuqarolar amaliy mashg‘ulotlarda foydalanadilar.
Mazkur zamonaviy avtodrom va yangi avtomobillar yoshlarga sifatli ta’lim berish, amaliy malakasini oshirish va ularda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilishi shubhasiz.
O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti matbuot xizmati






