Xayraobod garnizonida zamonaviy futbol maydoni foydalanishga topshirildi
2026-08-27 19:50:00 / Yangiliklar

Uning ochilish marosimida mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Zaynobiddin Iminov, harbiy xizmatchilar, faxriylar hamda ularning oila aʼzolari ishtirok etdi.
Tadbirda soʻz olganlar barchani Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etib, yurtimizda inson qadri, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari uchun munosib sharoitlar yaratishga qaratilayotgan eʼtibor izchil davom etayotganini taʼkidladilar.
Yangi futbol maydoni harbiy xizmatchilar va yosh avlodning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishi, sport bilan muntazam shugʻullanishi, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishi hamda futbolga boʻlgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Marosim yakunida harbiy xizmatchilar va ularning farzandlari ishtirokida yangi maydonda ilk futbol uchrashuvi oʻtkazildi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti









