Mustaqillik bayrami munosabati bilan sportchilar va harbiylar taqdirlandi
2026-08-27 19:50:00 / Yangiliklar

Unda Mudofaa vaziri o‘rinbosari polkovnik Alisher Norboyev ishtirok etib, yig‘ilganlarni xalqimizning ulug‘ va qutlug‘ ayyomi — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.
Bayram tadbirida yurtimiz sporti va Qurolli Kuchlar nufuzini yuksaltirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda xizmat vazifalarini sidqidildan ado etish yo‘lida munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh sportchilar, murabbiylar va harbiy xizmatchilar tantanali ravishda taqdirlandi.
Xususan, sport va harbiy sohadagi faoliyati, erishgan yutuqlari hamda xizmatdagi munosib hissasi uchun kapitan Ruslan Nuritdinov, Bektemir Meleqo‘ziyev, katta leytenant Diyora Keldiyorova, leytenant Ulug‘bek Rashidov hamda yana bir guruh soha vakillariga “Mustaqillikning 35 yilligi” esdalik nishoni topshirildi.
Tadbir davomida Vatan ravnaqi, uning xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirish yo‘lida xizmat qilayotgan yurtdoshlarimizning mehnati yuksak e’tirof etilib, ularga kelgusidagi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilandi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti








