Qalblarda jo‘sh urgan istiqlol taronasi
2026-08-25 16:00:00 / Yangiliklar

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tashabbusi bilan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyati kengashi hamkorligida tashkil etilgan bayramona dasturlar qarshiliklar uchun yuqori kayfiyat ulashdi.
Nishon tumanida joylashgan harbiy qism faxriy qorovul jamoasining chiqishlari tomoshabinlarda Vatanimiz sarhadlari ishonchli qo‘llarda ekanini yana bir bor namoyon etdi. Shundan so‘ng Qarshi garnizoni harbiy orkestri hamda Qashqadaryo viloyati madaniyat markazi san’atkorlari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar bilan konsert dasturlari namoyish etildi.
Mustaqillik shodiyonasi arafasida tashkil etilayotgan bu kabi bayram dasturlari viloyatning barcha hududlari bo’ylab yuqori saviyada davom etmoqda.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati





