Qahramonlar nomi barhayot
2026-08-24 19:15:00 / Yangiliklar

Tashrif davomida marhumning xotirasi chuqur hurmat bilan yod etildi. Vatan va xalq oldidagi xizmatlari, el-yurt tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida qilgan fidokorona mehnatlari alohida e’tirof etildi.
Bayram munosabati bilan marhumning yaqinlariga samimiy tabriklar yetkazilib, moddiy yordam sifatida pul mablag‘lari topshirildi. Ushbu e’tibor orqali oilalariga hurmat va g‘amxo‘rlik ko‘rsatildi. Xonadon sohiblari ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lib, o‘z minnatdorligini bildirdi.
Xizmat burchini ado etish yo‘lida jon fido qilgan insonlarning xotirasini asrash, ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash va nomlarini doimo e’zozlash barchamizning insoniy va ma’naviy burchimizdir. Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatimizda mehr-oqibat, hamjihatlik va inson qadrini ulug‘lash tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati




